https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik

12 декабрь 2023 йил
145
0

 

Joriy yilning 25 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" global kampaniyasi doirasida 2023 yilda "Birlashing! Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish ishlariga sarmoya kiriting" mavzusiga bag‘ishlangan axborot kampaniyasi boshlanishini e’lon qildi. Kampaniya maqsadlari barchani ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olishda faol ittifoqchi bo‘lish, ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratish, shu jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kiritish, ish joylarida xotin-qizlarning iqtisodiy himoyasini ta’minlaydigan choralarga xususiy va davlat sektori tomonidan investitsiyalar ajratilishini targ‘ib qilishdan iborat."16 kun faollik" kampaniyasi ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik hollariga barham berishga qaratilgan kuchli global harakat bo‘lib, tashabbus 25 noyabrdan 10 dekabrgacha davom yetadi. Insonlarga nisbatan muayyan bir jinsga mansub bo‘lganligi sabab ishlatiladigan har qanday zo‘ravonlik gender zo‘ravonligi hisoblanib, uning turli shakllari mavjud. Hozirda butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarga ta’sir o‘tkazayotgan doimiy muammo sifatida saqlanib qolmoqda. Mazkur muammo alohida shaxslar, oilalar va jamiyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, iqtisodiy taraqqiyot hamda inson huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida to‘siq bo‘lmoqda. Gender zo‘ravonlik — bu erkaklarni ayollardan ustun qo‘yuvchi patriarxal munosabat tuzilmalari va madaniy me’yorlar sabab saqlanib qolayotgan inson huquqlarining buzilishi va gender tengsizligining yuzaga kelishidir. Uning oqibatlari keng qamrovli bo‘lib, jismoniy, psixologik va ijtimoiy farovonlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik jinsiy va jinsga asoslangan zo‘ravonlikda ifodalanadigan, asosan, xotin-qizlarga nisbatan qilinadigan zo‘ravonlik harakatlaridir. Ushbu turdagi jinoyatlar, asosan xotin-qizlarga, ularning jinsi uchun sodir etilib, ushbu holat turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik  holatlari juda uzoq tarixga ega. Bunday zo‘ravonlik hodisalari va ularning intensivligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, hozirgi kunda ham jamiyatlar orasida farqlanadi. Ushbu holatlarga, ko‘pincha, jamiyatda yoki shaxslararo munosabatlarda ayollarni bo‘ysundirish mexanizmi, ya’ni, jamiyatda shakllangan "Ayollar erkaklardan bir pog‘ona past bo‘lishi kerak" degan noto‘g‘ri tushuncha omil bolib xizmat qilmoqda. Zo‘ravonlik o‘z tabiatiga ko‘ra "oilaviy zo‘ravonlik", "jinsiy zo‘ravonlik" hamda  "maishiy zo‘ravonlik" sifatida namoyon bo‘ladi. Oilaviy zo‘ravonlik – o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda kuzatiladi. Gender zo‘ravonlik nafaqat jabrlanganlarga zarar yetkazadi, balki mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ham to‘sqinlik qiladi. BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda "16 kun faollik" aksiyasi gender zo‘ravonligining oldini olish ishlariga sarmoya kiritish zarurligi borasida birlashmoqda.

Paxtakor tuman sudining raisi 

U.Sattarov Jinoyat ishlari bo‘yicha

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303