O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 72 maqsadi aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g`oyasini ro’yobga chiqarishga qaratilgan. “2020-2025 yillarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo`llab – quvatlash milliy dasturini tasdiqlash to`g`risida ” 2020-yil 14- dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan 2021-yildan boshlab har yili aprel oyida “Kitobxonlik xaftaligi” o`tkazilishi belgilangan. Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi va Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda 18-23 aprel kunlari “Kitobxonlik xaftaligi” e`lon qilindi va va ochilish marosimi ko'tarinki ruhda boshlandi.