Paxtakor tumani hokimi A.Ashurov yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktabdagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o’rgandi.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunda o‘sha hududda rivojlangan tarmoqlar, azaldan kuchli o‘qitilgan fanlarga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi “Prezident ta’lim muassasalari kengaytirish to’g’risida”gi PF-106-son Farmoniga muvofiq,tumanimizdagi 31-son ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati tugatilib,uning negizida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashkil etilmoqda.
Ushbu maktabning qurilish ta’mirlash ishlarini o‘rganish, yangi standartlar asosida o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan tuman hokimi hamda mutasaddi tashkilot hodimlari tomonidan maktabda davom etayotgan “Rekonstruktsiya” isharini ko’zdan kechirishdi.
Ixtisoslashtirilgan maktab binosida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun Yuldashev Shuxrat raxbarligidagi “JIZZAX QURILISH ZIYNATI” ma’suliyati cheklangan jamiyat tanlab olingan.
Tuman hokimi A.Ashurov qurilish tashkiloti rahbarlariga ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish va yangi o’quv yiliga topshirish bo’yicha topshiriqlar berdi.
Paxtakor tumani hokimligi axborot xizmati.