Paxtakor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" doirasida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Bugun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Paxtakor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" doirasida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.Maktabda olib borilgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarida maktab jamoasi faol va ko'tarinki kayfiyatda ishtirok etishdi. Maktab hovlisiga 5 dona gilos va 10 dona terak ko'chatlari ekildi.
PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI