Bugun 15.11.2022 sanada Jizzax viloyati Paxtakor tumanida joylashgan “Xolid ibn Valid” jome masjidining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ochilish marosimida O’zbekiston musulmonlari idorasi raisining ko'rsatmasiga muvofiq “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi mudiri Shayx Alijon qori, Masjidlar bo’limi mudiri Muzaffar Kamolov hamda Moliyaviy nazorat va tahlil bo’limi mudiri Islomiddin Zuhriddinovlar ishtirok etdilar.