O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’RQ-537-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 259-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiningning 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarorlariga asosan “Transport oqimi nazorati” MChJ tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida xavfsiz va aqlli shahar uskunalarini tadbiq qilishning 1-bosqichini amalga oshirishga davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish va foydalanish bo’yicha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Mazkur loyiha doirasida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida xavfsiz va aqlli shahar asboblarini tadbiq qilishning 1-bosqichini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflarini 2023-yil 2-aprel kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.
Qiziqish bildirish uchun so’rov va tender hujjatlari (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Paxtakor tuman hokimligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar o’rtasida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.