Paxtakor tuman Axborot-kutubxona markazida joriy yilning 28-fevral kuni, atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlab “Muhabbat va sadoqat kuychisi” mavzusida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Paxtakor hayoti” gazetasi bosh muhariri Mahfirat To‘xtasheva, hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi rahbari I.Xoliqov, Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umum ta’lim maktablarning targ‘ibotchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida “Paxtakor hayoti” gazetasi bosh muhariri Mahfirat To‘xtasheva yosh kitobxonlarga Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Yosh kitobxonlar tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar o‘qildi. Yoshlar tomonidan bahor faslini madh etguvchi kuy qo’shiqlar va raqslar namoish etildi.