Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
126. Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi (ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan ish staji va pensiya tayinlangunga qadar ish haqi to‘g‘risida);
b) nogironlik guruhining o‘zgarishi;
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari sonining o‘zgarishi;
g) ushbu Nizomning 101-bandida nazarda tutilgan ustama haq olish huquqining paydo bo‘lishi;
d) qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi o‘zgarganda, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining va pensiya ishini tekshirish (o‘rganish) natijasida pensiya miqdorining oshishi yoki kamayishi;
Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.