Toʼliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʼtadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari
ROʼYXАTI
1. Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:
a) paxtani quritish;
b) paxtani tozalash;
v) paxtani yuklash, tushirish;
g) paxtani pnevmotransportga ortish;
d) quritish-tozalash sexini yigʼishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.
2. Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.
3. Ipakchilik tarmogʼi korxonalari va fermer xoʼjaliklaridagi ishlar:
a) tut urugʼi tayyorlash;
b) tut nihollari va tut koʼchatlari yetishtirish;
v) tut ipak qurti urugʼlarini inkubatoriyalarda jonlantirish;
g) tut ipak qurti parvarishlash;
d) tirik va quriq pillani saralash;
ye) tirik pillani quritish;
j) pillani qoʼl kuchi yordamida tashish;
z) pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
i) urugʼchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
k) tut ipak qurti urugʼlarini mikrotahlildan oʼtkazish;
l) tut ipak qurti urugʼlariga ishlov berish;
m) tut ipak qurti urugʼlarini qishlash davridagi ishlar;
n) tut ipak qurti urugʼlarini qadoqlash va yorliqlash.