Paxtakor tumani “Suvoqova” korxonasi shart sharoitlari oldindagi rejalar bo’yicha Brifing bo'lib o'tdi
Ichimlik suv va oqova suv ta’minoti bo’yicha bo'lib o'tgan Brifinga bajarilgan ishlar to’g’risida ichimlik suv va oqova suv ta’minoti bo’yicha davomida bajarilgan ishlar to’g’risida ma'lumot berib o'tildi Ichimlik suv va oqova suv ta’minoti bo’yicha 2023 yil yanvar oyidan bugun kun xolatiga aholi xashar yo‘li va xomiylik asosida 3.05 km ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlari bajarildi. Shundan MFYlar kesimida“Mingchinor” MFY Xamza ko‘chasiga yangi tarmoq 450 metr D-50 mm.li ichimlik suv tarmog‘i tortilib, ko‘chaning 10 ta aholi xonadonlari ichimlik suvi bilan ta’minlandi.“Gʻalaba” MFY I.Karimov ko‘chasidagi D-40 mm.li poletilen ichimlik suv tarmog‘ining 400 metr qismi rekonstruksiya qilinib 20 tadan ortiq xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.“Gʻalaba” MFY Bo‘ston ko‘chasidaga D-50 mm.li poletilen ichimlik suv tarmog‘ining 400 metr qismi rekonstruksiya qilinib 25 tadan ortiq xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi. “Paxtakor” MFY A.Qadiriy ko‘chasidaga D-63 mm.li poletilen ichimlik suv tarmog‘ining 450 metr qismi rekonstruksiya qilinib 22 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.“Nurli Pangat” MFY yangi uchaskalarga D-50 mm.li yangi 500 metr poletilen ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 3 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi. “Oqbuloq” MFY Paxtachi qishlog’idagi yangi uchaskalarga D-50 mm.li yangi 700 metr poletilen ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 10 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.“Olmazor” MFY Somon yo’li ko’chasiga D-32 mm.li yangi 150 metr poletilen ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 2 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.Bundan tashqari Buyuk ipak yo’li MFY xududiga Respublika byudjetidan 18.8 km ichimlik suv tarmog’i tortishga, mablag’ ajratiligan bo’lib, qurilish ishlari joriy yilning 5 iyundan boshlanib, 30 oktyabrga, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Paxtakor tuman xududidagi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarida kelib chiqgan 378 dan ortiq avaryalar joyida bartaraf etilganligini ma’lum qilamiz.
Paxtakor tuman hokimligi axborot xizmati