KUN TАRTIBIDА QUYIDАGI MАSАLАLАR KOʼRIB CHIQILDI
1. Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʼrganish boʼyicha kiritgan axboroti toʼgʼrisida;
2. Tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash borasida yanvar-avgust oylari davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida;
3. Paxtakor mahalla fuqarolar yigʼiniga biriktirilgan hokim yordamchisining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida;
4. Tumanda “Temir daftar” roʼyxatiga kiritilgan, oilaviy ahvoli ogʼir boʼlgan fuqarolarga “Sahovat va koʼmak” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan bir martalik moddiy yordam ajratish toʼgʼrisida;
5. “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida gʼolib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan mablagʼ yoʼnaltirish toʼgʼrisida.
6. Tuman hokimining 2023 yil 4 sentyabrdagi sessiyalar oraligʼida qabul qilingan 203-3-52-Q/23 - sonli qarorini tasdiqlash toʼgʼrisida;
7. Tuman hokimining 2023 yil 6 sentyabrdagi sessiyalar oraligʼida qabul qilingan 207-3-52-Q/23 - sonli qarorini tasdiqlash toʼgʼrisida.
8. Boshqa masalalar.