Joriy yil 30-iyulda davlatimiz rahbarining mazkur chora-tadbirlarga oid qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Bosh vazir raisligida Respublika komissiyasi tuzilib, barcha mutasaddi idoralarning bu boradagi vazifalari belgilandi. Turar joylar, ijtimoiy muassasalar va korxonalarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, qozonxona va tarmoqlarni taʼmirlashga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Yurt boshimizning issiqlik taʼminoti va ichimlik suvi tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash issiqlik va ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini hamda koʻp qavatli uylarni taʼmirlash ishlarini jadallashtirib, qisqa muddatlarda yakunlash borasida bergan topshiriqlariga binoan Respublika ishchi guruhi Paxtakor tumanida bo’ldi.
Tuman Suvoqova korxonasida tashkil etilgan shtab faoliyati, tumanda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.