Elektr energiyasiga bo‘lgan talab har doim ham yuqori. Ayniqsa, oldinda qish-qirovli kunlar yaqin. Shu maqsadda aholini uzluksiz va uzilishlarsiz elektr energiya bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida soha mutasaddilari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Paxtakor tumani hokimining tashabbusi bilan VMning 146-sonli qarori asosida “Oqbuloq” mahallasining Paxtachi qishlog’ida, Chamanzor mahallasida eski 100 kVA transformator o‘rniga yangi 250 kVA transformatorga almashtirildi. Nurli pangat hamda Buyuk ipak yo’li mahallasi Gulzor ko’chasida 630 kVAli 1 donadan yangi transformator o’rnatildi. Ushbu katta quvvatli transformatorning o‘rnatilishi natijasida hududdagi 100dan ortiq xonadonda yashovchi aholining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi. Bundan tashqari mahallalarda SIP KABEL tortish ishlari ham amalga oshirilmoqda.