Joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz bilan mamlakatimizda inson manfaatlari davlat manfaatlaridan ustun ekani belgilab berildi.
Inson manfaatlariga qaratilgan islohotlarning davomi sifatida Prezidentimizning 2023 yil 11 sentyabrdagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-158-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
«xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yish;
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlash, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish;
banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yish;
Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etish;
Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari «tayanch maktablar» tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi.
Sattarov Ulmasjon Baxtiyorovich
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudining raisi