Bugungi kunda fuqarolarga pensiya oluvchilar roʼyxatida mavjudligi hamda pensiya miqdori toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali (onlayn) amalga oshiriladi.
✅ Bunda, fuqaro Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilgan taqdirda, masʼul xodim ariza beruvchi nomidan tegishli soʼrovnoma shaklini toʼldiradi va fuqaro toʼldirilgan soʼrovnomani toʼgʼriligini tekshirib tasdiqlab beradi.
✅ Shundan soʼng, Davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi soʼrovnomani Pensiya jamgʼarmasiga elektron shaklda yuboradi. Pensiya jamgʼarmasi soʼrovnomaga zudlik bilan QR-kodli maʼlumotnomani shakllantirib Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma olingandan soʼng 5 daqiqa ichida ariza beruvchiga maʼlumotnomani elektron yoki qogʼoz shaklida taqdim etadi.
Fuqaro ushbu soʼrovnomani YaIDXP orqali olishni xohlaganda barcha jarayon onlayn amalga oshiriladi.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.