Аholini kichik va oʼrta biznesga keng jalb qilish, ularning bandligini taʼminlash boʼyicha Ishchi guruh tomonidan Paxtakor tumanida mahallalardagi hokim yordamchilari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida seminar trening tashkil etildi
Seminar davomida - Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida beriladigan kreditlar boʼyicha yangi imtiyozlar va oʼzgarishlarning mohiyati.
- Kasanachilikni rivojlantirish faoliyatini yanada kengaytirishiga koʼmaklashish. Oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtish tartibi, faoliyat yoʼnalishlar va imkoniyatlar.
- Mikrokredit tashkilotlarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash orqali ular tomonidan tadbirkorlarga koʼrsatilayotgan xizmatlarni jozibadorligini oshirish (2 mln aholini biznesga jalb etish).
- Biznesni qoʼllab-quvvatlash markazlari tomonidan (BRBning moliyaviy instrumentlaridan foydalangan holda) koʼrsatilayotgan yangi xizmatlarni joriy qilinishi.
- Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash.
- Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan koʼrsatilayotgan moliyaviy koʼmak boʼyicha tushuntirish.
- Dehqonchilik uchun yer olgan ijarachilarni kooperativlarga birlashtirish va agregator tizimini yoʼlga qoʼyish.
- Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun boʼsh yer maydonlari, bino-inshootlarni auktsionga (E-auksion, K-Savdo) chiqarish va sotish ishlari.
- Tadbirkorlik subʼektlarini soliqqa tortish tartibi va soliq imtiyozlari toʼgʼrisida tushuntirish berish.
- Аholini kichik va oʼrta biznesga keng jalb qilish, ularning bandligini taʼminlash hamda boshqa masalalar bo’yicha tushunchalar berildi.