Quyidagi mavsumiy ishlarda va sanoatning mavsumiy tarmoqlarida toʼliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʼtadi:
- Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:
- a) paxtani quritish;
- b) paxtani tozalash;
- v) paxtani yuklash, tushirish;
- g) paxtani pnevmotransportga ortish;
- d) quritish-tozalash sexini yigʼishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.
- Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.
- Ipakchilik tarmogʼi korxonalari va fermer xoʼjaliklaridagi ishlar:
- a) tut urugʼi tayyorlash;
- b) tut nihollari va tut koʼchatlari yetishtirish;
- v) tut ipak qurti urugʼlarini inkubatoriyalarda jonlantirish;
- g) tut ipak qurtini parvarishlash;
- d) tirik va quruq pillani saralash;
- ye) tirik pillani quritish;
- j) pillani qoʼl kuchi yordamida tashish;
- z) pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
- i) urugʼchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
- k) tut ipak qurti urugʼlarini mikrotahlildan oʼtkazish;
- l) tut ipak qurti urugʼlariga ishlov berish;
- m) tut ipak qurti urugʼlarini qishlash davridagi ishlar;
- n) tut ipak qurti urugʼlarini qadoqlash va yorliqlash.
Pensioner I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʼlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har 2 yilda 1 marotaba qayta hisoblab chiqiladi.
Bunda pensiyani qayta hisoblash "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisidagi" Qonunning 17-moddasida (https://lex.uz/docs/112314#127103) koʼrsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Masalan, Qonunning 17 moddasiga muvofiq ish staji 7 yil boʼlgan 35 yoshdagi nogironligi boʼlgan shaxsga nogironlik pensiyasi tayinlandi. Ushbu shaxs unga pensiya tayinlangandan soʼng kamida 1 yil davomida ishlagandan soʼng oʼz pensiyasini qayta hisoblash uchun ariza berish huquqiga ega boʼladi.
Pensiya jamgʼarmasi Paxtakor tuman boʼlimi
скачать dle 12.0