Milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, qadriyatlarimizda koʼpchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.
Paxtakor tumani Oltinkoʼl mahallasida joylashgan "Mangulik" qabristonida Oʼzbekiston Yoshlar ishlar Аgentligi mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda mahalla yoshlari ishtirokida umumxalq xayriya hashari hamjihatlikda oʼtkazilmoqda.