Paxtakor tumani hokimi Asilbek Ashurov tumandagi mavjud 15 ta mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Hokim aholi murojaatlarining masʼullar tomonidan bajarilishi, migrantlar bandligi, xonadon tomorqalarida olib borilayotgan ishlar bilan shaxsan o‘zi nazorat qilishini maʼlum qildi.
Tuman hokimi, tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig‘i ishtirokida 8-maktab faollar zalida Olmazor, Paxtakor, Oltinko’l, tuman hokimligi faollar zalida Bog’ishamol, Nurli Pangat, Mingchinor, Chamanzor, Buyuk Ipak Yo’li mahallalari yettiliklari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, O’zbekiston Mahallar uyushmasi Paxtakor tumani bo’limi boshlig’i, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i, tuman Oila va xotin qizlar bo’limi boshlig’i hamda soha rahbarlari ishtirok etishdi.