Paxtakor tumani hokimi Asilbek Rahmonovich Ashurov tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Ochiq muloqotda tumanda faoliyat yuritayotgan 30 dan ziyod tadbirkor hamda chet ellik investorlar ishtirok etdi.
Tuman rahbari tadbir davomida tadbirkorlar va ishbilarmonlarning taklif va murojaatlarini tinglab, ularni atroflicha o‘rgandi. Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan yangi loyihalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning bir nechtasi joyida hal etildi. Vaqt talab etadigan masalalar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
– Ushbu sayyor qabulni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – muammolarni o‘rganish va hal qilishga yordam berishdan iborat, – dedi Paxtakor tumani prokroru I.Begashev. – Bundan buyon hech kim tadbirkorning mulkini to‘satdan buzib tashlay olmaydi. Endi o‘rta bo‘g‘in amaldorlari qonun bilan hisoblashib, ish ko‘rishiga to‘g‘ri keladi
Tadbirkorlarning istiqbolli loyihalari tuman hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.