“Nuroniy” jamgʼarmasi Paxtakor tuman boʼlimi va Paxtakor tuman hokimligi homiyligida, tuman madaniyat boʼlimi bilan hamkorlikda 2024 yil 15-may kuni tuman markazida joylashgan “Sarbon” koʼngil ochar maskanida “Otalar choyxonasi” tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbirda jami 40 nafar keksalar, shulardan 12 nafari nuroniy onaxonlar, 28 nafari nuroniy otaxonlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Usmonova Gulchehra opa olib bordi. “Otalar choyxonasi” tadbirini “Nuroniy” jamgʼarmasi Paxtakor tuman boʼlimi raisi Sh.Normaxammatov ochib berdi, shundan soʼng Paxtakor tuman hokimi oʼrinbosari F.Qoʼldoshev soʼzga chiqib, “Soʼnggi yillarda mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, ularni sogʼlomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi”-toʼgʼrisida gapirib oʼtdi. Tadbir davomida tuman madaniyat boʼlimi rahbari M.Eshimqulov, Oʼzbekiston mahallalar uyushmasi Paxtakor tuman boʼlimi raisi R.Mamatqulovlar soʼzga chiqdilar. Shundan soʼng nuroniylardan, “Buvijonlar maktabi” raisi F.Nurmatova, Gʼalaba MFY “Keksalar maslahati” guruhi raisi U.Nizamovlar soʼzga chiqib, mamlakatimizda nuroniylarga berilayotgan hurmat va eʼtibordan xursand ekanliklarini, buning uchun yurtboshimizdan minnatdorchiligini bildirib, yoshlarimizning kelajagi uchun nuroniylar oʼzlarining boy hayotiy tajribalari va nasihatlarini ayamasliklarini bildirib oʼtishdilar.
Tadbirda tuman madaniyat boʼlimi ijodkorlari oʼzlarining chiqishlari bilan nuroniylarga zavq ulashishdi.
“Nuroniy” jamgʼarmasi
Paxtakor tuman boʼlimi raisi: Sh.Normaxammatov