Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari Akmal Savurbayev boshchiligidagi ishchi guruh Paxtakor tumanida istiqomat qiluvchi yoshlarni otaliqqa olgan masʼullar bilan muloqot oʻtkazdi.
Mazkur jarayonda taʼlim sifatini oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʻqitish, turli koʻrik-tanlov va musobaqalar tashkil etish, faol yoshlarni ragʻbatlantirish, “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”ga oid davlat dasturini hayotga tatbiq etish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻz navbatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil qilinib, nuqsonlarni bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.