Tadbirda dastlab 4 ta sektor rahbarlarining joriy yilning o`tgan davrida bandlikni ta’minlash, kam ta’minlanganlarni kambag`allikdan chiqarish hamda xorijga uzoq muddatga chiqib ketganlar bilan ishlashga oid hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, aholi murojaatlari asosida muammolarning hal qilinishi, mahalla ettiligi faoliyatining natijadorligi hamda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi. Sessiyada Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov ishtirok etdi.