Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bugun erta tongda tuman Madaniyat markazi, "Mo'jiza" istirohat bog'ida yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk bo‘lib o‘sishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta ekanligini targ'ib etish maqsadida. Tumanimizdagi barcha davlat tashkilot hodimlari hamda jajji bolajonlar bilan ertalabki badan tarbiya mashg'ulotlari, uzoq masofaga yugurish va velamarafon tashkil etildi.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.