Yaqinda ustozimiz “Tong yulduzi”ga maktub yozishimiz mumkinligini aytib qoldi. Sevimli gazetamizga xat yozishni ikki hafta mashq qildim. Birinchi yozganlarim o‘zimga yoqmadi. Bugun yana urinib ko‘ryapman.
Salom, “Tong yulduzi”! Seni ustozim qo‘lida ko‘rganimda, sen bilan yaqindan tanishgim keldi. Do‘stlaring faqat a'lochilar bo‘lsa kerak?
Men ham a'lochilardanman. Sakkiz yoshdaman. 2-sinfda bo‘lsam ham sinfdoshlarim orasida “Bir daqiqada kim ko‘p so‘z o‘qiydi?” musobaqasida ko‘p g‘olib bo‘lganman. She'r yodlash bo‘yicha ham eng faol o‘quvchilardanman.
Sevimli gazetam! Sahifalaringda chop etilgan she'rlarni, maqolalarni o‘qib chiqdim. Yangi o‘quv yilida senga obuna bo‘lmoqchiman! O‘shanda seni o‘troqlarimga ko‘rsatib maqtanaman!
Kelasi safar ta'tilni qanday o‘tkazayotganim haqida yozib yuboraman! Hozircha, xayr!
Malika ISMATULLAeVA,
Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi
50-umumta'lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi