Tumanimizning “Bog’ishamol” mahallasi hududida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Unda O’zbekiston Ekalogik partiyasi Paxtakor tuman Ijroiya qo’mitasi kengash raisi Feruza Niyozmetova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari, mahalla raisi, fermer xo’jalik rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda so’z olgan O’zbekiston Ekalogik partiyasi Paxtakor tuman Ijroiya qo’mitasi kengash raisi Feruza Niyozmetova tadbir aynan ushbu hududda o‘tkazilgani ham alohida ramziy ma'noga ega ekanligi haqida so’z yuritdi. Chunki har qarich yer oltinga tengligi, uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etishi, shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash nechog‘lik muhimligi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi. Tadbirda eng faol qatnashgan tabiatsevarlarga Ekopartiyaning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Paxtakor tuman Kengashi