Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi 170 o’ringa muljallangan bo’lib shundan 25 o’rinli xirurgiya, 40 o’rinli terapiya, 20 o’rinli bolalar bo’limi, 20 o’rinli yuqumli kasalliklar bo’limi 65 o’rinli tug‘ruq bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Bo‘limlarda bemorlar uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan bo‘lib hozirda davolanayotgan bemorlarga shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasida oxirgi 5 yilda ko‘plab o‘zgarishlar yangilanishlar bo‘ldi shundan 2022 yil tuman tibbiyot birlashmasida tumanlararo perinatal tashkil qilindi. 2023-yilda xirurgiya bo’limi uchun yukori texnologik operatsiyalarni bajarishga muljallangan laparaskop apparati olib kelindi va xozirda malakali mutaxasislar tomonidan ishlatilib kelinmoqda bundan tashqari ko‘plab instrumental va labarator tibbiy jixozlari olib kelindi. Bularning barchasi insonlarda uchraydigan kasalliklarni erta aniqlash va olidini olish davolash uchun xizmat qiladi. 2024-yil yakuniga qadar xirurgik va ginekologik operatsiyalarni kam invaziv usulda opreratsiya qilishga mo‘ljallangan LIGАShU apparatini olib kelish rejaga qo’yilgan. Hozirda tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlar yetishmasligini inobat olib tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori boshchiligida Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash bo’yicha shartnomalar imzolashga erishildi. 2025-yilga Ko’p tarmoqli poliklinikaga qo’shimcha bino qurish ham rejaga qo’yildi va tasdiqlandi.