Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 04/1-2122-son topshirigʻiga asosan Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida viloyatning har bir tuman va shaharlariga Toshkent shahrining tuman hokimlari va tijorat banklarining masʼul rahbarlari biriktirilgan edi.
Hududlarni Kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ilgʻor tajribalarni joriy etishga koʻmaklashish uchun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga tashrif buyurib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, hamkorlikda Paxtakor tumaniga kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha va takliflar haqida fikr almashmoqda.
Paxtakor tumani hokimi Asilbek Ashurov tumandagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish obyektlari haqida ma'lumot berib o‘tdi.