Oʼzbekiston fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tasdiqlagan grafikka muvofiq (19.06.2024 y. 37-sonli buyruq) Respublika Ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida gʼalladan boʼshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish holati oʼrganildi va zaruriy choralar belgilandi.
Xususan tumanda 2024-yil hosili uchun gʼalladan va ertaki ekindan boʼshagan jami 11,4 ming gektar maydonlarga takroriy (jumladan, 35 ga sabzavot, 1,9 minga poliz, 250 ga kartoshka, 498 ga moyli, 7,4 minga dukkakli va 1,2 minga ozuqa) ekinlarni ekish belgilangan.
Tuman qishloq xoʼjaligi boʼlimining joriy yil 8 iyuldagi bergan maʼlumotiga koʼra jami 5,1 mingga (jumladan, 1 mingga poliz, 12 ga poliz 4,7 ga dukkakli 265 ga ozuqa) ekinlari ekilgan deb berilgan.
Shuningdek, tumandagi Paxtakor MFY “Turkuston” FXXUdagi “Zamin ota” fermer xoʼjaligida gʼalladan boʼshagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish boʼyicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida takroriy ekin ekish jarayonida “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xoʼjaligi ekinlarni ekish tashkil etish lozimligi tushuntirildi.
“Ma’mur” fermer xoʼjaligining gʼalladan boʼshagan yer maydonining 8 gektar yer maydonning 4 gektarini mahalladagi ishsiz yoshlarga
1 gektardan, hamda fermer xoʼjaligi 4 nafar ishchisiga boʼlib berilib, poliz (qovun) maxsulotlari ekilib, ishlov berilmoqda.
Ishchi guruhi rahbari Akbarxo’ja Mahmudov