Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich Buyuk ipak yo’li, Chamanzor mahallalari yettiliklari hamda mutasaddilar ishtirokida chet el migratsiyasida boʼlgan yuqorida mahallalar yoshlari bilan video muloqot qilishdi.
Onlayn muloqotlar chogʼida yoshlarning mehnat faoliyati, ish va yashash sharoitlar, toʼlanayotgan maoshlari, oilasi bilan bogʼliq muammolari ham soʼraldi.
Shuningdek, yoshlar uchun mamlakatimizda, xususan, tumanimizda mavjud imkoniyatlar, yaratilayotgan yangi ish oʼrinlari, ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida aytib oʼtildi.
Migrant yoshlar muloqot chogʼida oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob ham olishdi. Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.