Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 591-sonli qarori ijrosini Paxtakor tumanida ta'minlash yuzasidan, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimiga tasarrufidagi 4, 13, 16-sonli umumtaʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlik fani xonalarini nizom talablari asosida jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Paxtakor tumani hokimi oʼrinbosari F.Qoʼldoshev 4-sonli umumtaʼlim maktabida chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlik fani xonalarini jixozlash ishlari bilan tanishib tegishli koʼrsatmalar berdi.