Paxtakor tumanida 2024-yil 2-avgust kuni Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning "Voleybol" turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” 2-sektor bosqichiga start berildi.
Unda yoshlar 16-21 va 22-30 yosh toifasida yigitlar hamda qizlar oʻrtasida "Voleybol" musobaqasi bo'lib o'tdi.
Sektor bosqichi gʻoliblari 16-21yosh toifasida Olmazor MFY yigitlari va qizlari birinchi o'rinni egalladi,
22-30 yosh toifasida Paxtakor MFY yigitlari birinchi o'rinni olgan bo'lsa 22-30 yosh toifasidagi Olmazor MFY qizlar jamoasi g'alaba qozonib tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Musobaqalar davom etadi.