PAXTAKOR TUMANI HOKIMI VA TUMANDAGI SEKTOR RAHBARLARI CHET ELDA MIGRATSIYADA YURIB, MEHNAT QILAYOTGAN YOSHLAR BILAN ONLAYN MULOQOT QILDI
Paxtakor tuman hokimi Asilbek Rahmonovich va tumandagi sektor rahbarlari chet elda migratsiyada yurib mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qilishib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganishdi.
Onlayn muloqot davomida Paxtakor tuman hokimi va tumandagi sektor rahbarlari bilan chet elda migratsiyada yurib mehnat qilayotgan Toshkent, Nurli pangat, Olmazor, G'alaba mahallalari yoshlari ishtirok etishdi.
Muloqotda migratsiyadagi yoshlarning yashash va oilaviy hamda mehnat qilish sharoitlari tinglandi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.