Paxtakor tumani hokimi oʼrinbosari F.Qoʼldoshev Mingchinor mahallasida johlashgan 16-sonli umumtaʼlim maktabida yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan sinf xonalari, sport zallari va yoʼlaklarda olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 591-sonli qarori ijrosi boʼyicha 16-sonli umumtaʼlim maktabining chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlik fani xonalarini jixozlash ishlari bilan tanishib tegishli koʼrsatmalar berdi.