Paxtakor tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20218-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 666-sonli qarori va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan naʼmunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 282-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida ota-onalar bilan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda Davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish koʼnikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, maʼnaviy va jismoniy sogʼlom avlodni kamol toptirish va davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish boʼyicha kelishib olindi.