Munosabat (18.08.2024) Milliy TVning Millar information dasturi orqali " BOZORDAGI MOJARO" video murojaatga
Paxtakor tuman “Paxtakor dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012-yil 28-avgustdagi «Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi 253-sonli qarorida ko’rsatilgan dehqon bozori hududida vetenariya – sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilinishi, bozorda obodonlashtirish ishlari, irrigattsiya tarmoqlari, savdo rastalari oraliqlarining sanitariya holatiga keltirish.
Bozor hududida maxsus chiqindi yigʼish maydonchasidan olib chiqib ketishishini taʼminlash, bozorda sut va sut mahsulotlari, goʼsht, baliq hamda yerda boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishining oldini olish bo’yicha “Paxtakor dehqon bozori” MChJ xodimlari tomonidan Do’stlik MFY Yu.Rajabiy ko’chasidagi noqonuniy ravishda savdo faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqoralarga bozor maʼmuriyati tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishlar berilgan o’zlariga xulosa qilgan fuqarolar olib chiqib ketgan, Ba’zi fuqoralar tomonidan noqonuniy o’zboshimchalik bilan joylashtirilgan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan qo’l bola temir, yogoch stol va soyabonlarni o’z ixtiyori bilan olib ketilmagan. Shundan so’ng bozor hodimlari tomonidan olib chiqib maxsus joyga olib borib joylashtirilgan.
Ayni kunda fuqarolarning qo’l bola temir, yogoch stol va soyabonlarni o’z egalariga qaytarib berilib bozor hududida foydalanmasliklari tushuntirib o’tilgan.
Piyodalar yo’laklari, aholi serqatnov joylarda, avtomabil turorgohlarda qishloq xo’jalik maxsulotlari bilan savdo qilayotgan fuqoralarga dehqon bozor hudididan rastalar bilan taʼminlab berish tug’risida kelishib olingan.
Bugungi kunda Paxtakor dehqon bozori tutash hududlarda noqonuniy savdo faoliyati bilan kiyim kechaklar bilan savdo qilayotgan tadbirkorlarga Paxtakor savdo majmuasidan joy olib savdo qilishlari tug’risida tushintirildi.