Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Paxtakor tumani 3- sektor hududidagi Mingchinor mahallasida bayram tadbiri tashkil etildi. “Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi tadbirda hududda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʼz bordi.
Badiiy dasturni bolajonlar ishtirokidagi kuy-qoʼshiqlar boshlab berdi. Shuningdek, Jizzax viloyati IIB TVBSO xizmatchilarining chiqishlari barchaga manzur boʼldi. Shodiyona davomida tuman madaniyat markazi hamda Oʼzbekkontsert Jizzax viloyat boʼlimi xonandalari, soʼz ustalarining chiqishlari hamda yosh ijodkorlarning kuy-qoʼshiqlari yigʼilganlarga bayram kayfiyati ulashdi.