Saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va saylovda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazilishini muvofiqlashtirish - saylov jarayoni ishtirokchilarini o‘qitishning zamonaviy mexanizmlari hisoblanadi.
Paxtakor tuman sanoat texnalogyalar texnikumi binosida joriy yilning 27 oktyabr sanasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar o‘tkaziladi. Bo‘lajak saylov milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birinchi navbatda, saylov komissiyalari a’zolarini saylov qonunchiligi bo‘yicha tizimli o‘qitish tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda okrug saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari, kotiblarining bilim va ko‘nikmalarining oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Besh kun davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar 5 ta kichik guruhlarga bo‘lingan holda saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatlar bilan ishlashda saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik, saylov jarayoni ishtirokchilari bilan hamkorligi shuningdek, saylov natijalarini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.