Karam eng ommabop sabzavotlardan biri. U ko‘plab xalqlarning oshxonasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Karamning haqiqatan ham xilma-xil turlari mavjud, do‘kon va bozorlar peshtaxtalarida ushbu sabzavotning bir nechta turini topish mumkin.
“Karam” so‘zi qadimgi yunoncha “kaputum” (bosh) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu so‘z sabzavotning o‘ziga xos shaklini ta’kidlaydi. Arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, odamlar karamni tosh va bronza asrlaridan boshlab o‘stira boshlagan.
Paxtakor tumanida “Gulobi” MCHJ tomonidan bugungi kunda 5 gektar maydonga ijarachi yer egalari bilan hamkorlikda karamning “brokkoli” navi ekish ishlari boshlangan bo’lsa tumanda mavjud barcha FXHUlarida ekish ishlari rejalashtirilgan.
Paxtakor tumani hududida karamning oq karam, gulkaram, qizil karam, brokkoli, kolrabi, Pekin karami, Xitoy bargli karami kabi turlari yetishtiriladi. Karamning 132 ta navi Respublikamizda ekish uchun tavsiya etilgan va Qishloq xo‘jaligi davlat reestriga kiritilgan.
Bugungi kunda Paxtakor tumaniga karamning “brokkoli” navi Surxondaryo viloyatidan olib kelinmoqda. Paxtakor tumani Agrobank tomonidan “Bir kontor bir mahsulot” tamoyili asosida ushbu sabzovat ekish ishlari davom etadi.
Karamning “brokkoli” navi koʻchati yerga oʻtqazilgach, 60—65 kunda yetiladi. Boshi 0,7–1 kg, yumaloq, oʻrtacha zich, koʻkish, pishganda yoriladi. Maxsulot yig’ib olinganda asosan chet davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.