Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Aholini ro‘yxatga olish strategik masala

Aholini ro‘yxatga olish strategik masala

14 июнь 2022 йил
242
0

Aholini ro‘yxatga olish strategik masala

Maʼlumki yurtimizda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Albatta bu bugungi kun zarurati o‘laroq amalga oshirilmoqda. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 32 yil avval bo‘lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzo mamlakatlarni har 10 yilda aholini to‘liq ro‘yxatga olishni tavsiya etadi, chunki bu kelgusi dekadalarda mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘la oladigan ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlanish imkonini beradi.

 

Aholini ro‘yxatga olish nafaqat aholi soni va demografiyasi balki oilaviy ahvoli, yashash sharoiti, bandligi, jinsi, yosh darajalari, fuqaroligi, hududlarda aholi zichlik darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari haqida ishonchli maʼlumot to‘plash imkonini beradi. Bu o‘z navbatida hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish, bo‘sh ish o‘rinlarini tashkil etishga yordam beradi. Bundan tashqari hududlarning xaritalaridagi mavjud xatoliklarga yechim topish bo‘yicha aniq takliflar berish imkonini vujudga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 11 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘gʼrisida”gi 710-son qarorga muvofiq aholini ro‘yxatga olish 2023 yilda o‘tkazilishi belgilandi. Tadbirga tayyorgarlik sifatida mamlakatimizning to‘rt hududi: Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 2021- yil 1–25- noyabr kunlari aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish amalga oshirildi. Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ikki xil usulda, yaʼni 1-5 noyabr kunlari Internet tarmog‘i orqali va 11-22- noyabr kunlari qog‘oz shaklida ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda amalga oshirildi.

Paxtakor tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi:Oybek Nazarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
27 апрель 2022, Среда
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
07 март 2022, Понедельник
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
21 февраль 2022, Понедельник
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Aholini ro‘yhatga olish strategik masala
07 февраль 2022, Понедельник
Aholini ro‘yhatga olish strategik masala
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар