Tuman hokimi Asilbek Ashurov G’alaba mahallasini o’rgandi.
Tuman hokim mutasaddi tashkilot hodimlari bilan G’alaba MFY Vatanparvar ko’chasida joylashgan 8 (dom) ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 16 ta xonadon vakillari bilan uchrashdi. Suhbat jarayonida ko’p qavatli uyning atrofidagi noqonuniy qurilishlarni buzilishi borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Noqonuniy qurilishda tadbirkorlik qilayotgan Suyarova Soliyaga tadbirkorlik qilish uchun yerni e-auksion orqali xarid qilish tushuntirib o’tildi. Noqonuniy yerdan voyaga yetmagan farzandi bilan turar-joy uchun qurilish ishlarini boshlab yuborgan Bakirova Qurbonoy opa qurilishi to’xtatilib, e-auksionga qatnashib turar joy uchun yer xarid qilib, qurilish ishlarini olib borilishi tushuntirildi.
TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
Муҳокамага қўшилинг