Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy o’rgandi

Profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy o’rgandi

13 октябрь 2022 йил
241
0

 Tuman hokimi va tuman IIB boshlig’i mahallalardagi Profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy o’rgandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimi A.Ashurov so‘zga chiqib ta’kidladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196 son Farmoniga muvofiq tuman (shahar) hokimlari har oyda mahalla huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika inspektori bilan shaxsan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini ko‘rishi belgilanganligini ishtirokchilarga aytib o‘tildi.

IIB boshlig‘i E.B.Axmedov, tumandagi 15 ta maxallalarda jami 16 nafar profilaktika inspektorlari faoliyat yuritishi belgilangan bo‘lib, hozirgi vaqtda 2 nafar profilaktika inspektorlarining xizmat hududida xizmat uyi yo‘qligini, ular kunning istalgan vaqtida xizmat hududida bo‘lishi kerakligini, bu to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ–2906-son «Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida xam asosiy mezon qilib ko‘rsatib o‘tilganligini ma’lumot tariqasida yetkazdi.

 Paxtakor tumani xokimi tomonidan joriy yilda Paxtakor tumani hududida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsadida Dilorom MFY, Suvonobod MFY va Chamanzor MFYlarga yangi maxalla binolari qurilishi rejalashtirilganligini, Samarqand MFY, Oqbuloq MFY, Olmazor va G‘alaba MFY profilaktika inspektorlarining hizmat xonalarini va mahalla binosini joriy yilda ta’mirlash ishlari olib borilishini xamda mebel jihozlavri bilan ta’minlanishini, tuman hududidagi maktablarning oldiga tezlikni pasaytiruvchi yo‘l belgilari qo‘yilishini, voyaga yetmagaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor psixologlarini kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlashni, tuman hududiga kuzatuv kamerasi o‘rnatishni, xizmat olib borayotgan Suvonobod MFY profilaktika inspektori Ibroximov shavkat Xasan o‘g‘linining xizmat uyini tabiiy gaz tarmog‘iga ulashligini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 
PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар