Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar daromadini aniqlash tartibi

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar daromadini aniqlash tartibi

22 ноябрь 2022 йил
168
0

 Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadni aniqlashda (yakka tartibdagi faoliyat ma’lum muddatga to‘xtatilgan davr bundan mustasno) daromad aniqlanayotgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan bir oylik summasining o‘n baravari miqdoriga teng bo‘lgan, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning daromadlari miqdorini aniqlashda daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

Agar elektron axborot almashinuvi orqali olingan ma’lumotlarda chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolaridan pul o‘tkazmalari miqdori aniqlanmasa, u holda oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromadini aniqlash uchun oilaning chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

Ushbu ko‘rsatilgan oila a’zosi (a’zolari)ning bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.

Fuqaro bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa maqsadlar uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalar va grantlarni olgan ariza beruvchi va/yoki uning oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdoriga teng bo‘lgan o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

Ushbu ko‘rsatilgan oila a’zosi (a’zolari)ning bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning bir oylik o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар