Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Mas’ullar joylarda aholi bilan uchrashuvlar o’tkazdi

Mas’ullar joylarda aholi bilan uchrashuvlar o’tkazdi

21 декабрь 2022 йил
254
0

 Paxtakor tumanidagi Bog’ishamol mahallasida bugunda qariyb 8 ming 500 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. 3-sektorga qarashli mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoiti va infratuzilmani yaxshilash, obod qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ichki ishlar vaziri o’rinbosari, polkovnik Yaxyojon Abdulhakov hamda viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovlar mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, mahalla markazida Hadicha Bekmurodova rahbarligida faoliyat ko’rsatayotgan tikuvchilik o’quv kursi faoliyati ko’zdan kechirildi. Tadbirkor bilan suhbatda xotin-qizlarni kasb-hunarga o’rgatish ishlarining bugungi ahvoli muhokama qilindi. Ma’lum qilinishicha, hozirda 21 nafar mahalla xotin-qizlari bichuvchilik va tikuvchilik kurslarida o’qishayapti.

Qayd etish joiz, joriy yilning o’tgan davrida mahallani ko’chalari ta’mirlanib, ikki qavatli uylar oldidagi yo’laklar betonlandi, uylarning tom qismlari shifer qilindi. Aholi bilan uchrashuvda tabiiy gaz va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish zarurligi aytildi. Aholi punktining murabbiylar ko’chasidagi 8 va 10 ikki qavatli uylar oldidagi noqonuniy qurilishlarni to’liq buzish, atrofni chiqindilardan tozalash bo’yicha mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.

Vazir o’rinbosari va boshqarma boshlig’i 6- sonli o’rta umumta’lim maktabining isitish tizimini ham ko’zdan kechirishdi, pedagog va o’quvchilar bilan suhbatda bo’ldi. SHu yerning o’zida tumandagi barcha sektor rahbarlari, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar vakillari bilan hududni yanada obod qilish, aholi bandligi, xizmat ko’rsatish va savdo faoliyatini rivojlantirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish bo’yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

YAngi yil bayrami arafasida qishloq xo’jaligi, go’sht, non va non mahsulotlarining narxi asossiz oshib ketishining oldini olish, aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida savdo yarmarkalari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Tumanda ushbu yarmarka ekobozorda tashkil etilgan. Ichki ishlar vaziri o’rinbosari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i tuman mas’ullari bilan birga ushbu yarmarka faoliyatini ham ko’zdan kechirishdi. Tadbirkorlar bilan muloqotda davomida savdo jarayonida sanitariya talablariga rioya qilish, narxni oshirmaslik zarurligi uqtirildi. Ta’kidlash joizki, yarmarkada 30 dan ziyod tadbirkorlar barcha turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxda sotishmoqda.

Xuddi shunday, Jizzax shahridagi Eski shahar dehqon bozorida tashkil qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati bilan ham tanishdi. Avvalo bozor hududidagi “Vkusnaya bulka” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan non va non mahsulotlari ishlab chiqarish va aholiga yetkazib berish faoliyati ko’zdan kechirildi.

Hududdagi tadbirkorlar va sotuvchilar bilan suhbatda narx-navo barqarorligini ta’minlash, mahsulotlarni saqlash, sotish jarayonida sanitariya talablariga rioya etish kerakligi aytildi. SHuningdek, bayram arafasi hamda qish mavsumi davomida aholining qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish yuzasidan ko’rilayotgan choralar shaharning barcha sektorlari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. YUzaga kelgan har qanday vaziyatni joyida bartaraf qilish zarurligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар