Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Samarqand mahallasida yangicha o’zgarishlar

Samarqand mahallasida yangicha o’zgarishlar

14 февраль 2023 йил
200
0

 Oʻzi tugʻilib oʻsgan joy inson uchun Vatan hisoblanadi. Mahalla esa Vatan ichra kichik Vatandir. Uning obodligi, goʻzalligi va koʻrkamligi uchun jon koyitish har bir kishining muqaddas burchi hisoblanadi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ko’plab ma’muriy obyektlar va mahalla fuqorolar yig’inlari ham qaytadan rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi. Shu bois tumanimizdagi “Samarqand” mahalla fuqarolar yigʻinining ham yangi binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan inshoot “Obod mahalla” dasturi bo’yicha jamg’arma hisobidan qurib bitkazildi.

— Mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binosi nafaqat shu hududga, balki tumanimizga koʻrk bagʻishlab turibdi, — deydi shu hududda istiqomat qiluvchi Nodira aya Pardayeva. — Biz, keksa avlod vakillari bu yerda oʻtkaziladigan turli maʼrifiy tadbirlar, davr suhbatlari orqali yosh avlodning maʼnaviyatini oshirishga, mahallada jinoyatchilik va ajrimlar, har xil koʻngilsiz holatlar kelib chiqishining oldini olishga hissa qoʻshamiz. Yoshlar bandligini taʼminlash, ularni muayyan kasbga yoʻnaltirish masalalariga mamlakatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qaraladi.

— Mahalla fuqarolar yigʻini binosidan menga xona ajratib berildi. Yoshlar yetakchisi lavozimida ushbu mahallada xizmat olib boruvchi Isaqulov Abbos. Yoshlarni tadbirkorlikka ko’maklashish va yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish uchun o’z hissasini qo’shayotganidan mamnun ekanligini yana bir bor quvonch bilan e’tirof etdi.

Ha, birgina mahalladagi bunyodkorlik yoshlarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, aholining kundalik maishiy ehtiyojini qanoatlantirish barobarida koʻngillar shodligiga, qishloq obodligiga xizmat qilayotir.

Yana shuni aytish lozimki, yuqorida foydalanishga topshirilgan binolarda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektori faoliyat olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар