Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Biz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotni ko‘llab –quvvatlaymiz!

Biz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotni ko‘llab –quvvatlaymiz!

31 март 2023 йил
124
0

   

  Bu respublikada keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni mustahkamlash yo‘lida o‘z vaqtida qo‘yilgan qadamdir. Faqatgina O‘zbekiston xalqi o‘z kelajagini belgilash huquqiga ega. Biz yangi Konsititutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi tashabbusi bilan boshlanganini, bunda mamlakat aholisining barcha qatlamlarining fikr va takliflarini inobatga olish, referendumni tashkil etishga ahamiyat berilayotganini yuksak qadrlaymiz. Bu har bir fuqoroga mamlakatning asosiy qonunini qabul qilishda shaxsan ishtirok etish imkoniyatini beradi. Katta o‘zgarish va yangilanishlar ostonasida turibmiz. Huquq va majburiyatlarimizni kafolatlaydigan Bosh qomusimizning xalqimiz hayotida, turish-turmushida ahamiyati benihoya katta. Bugungi shiddat ila o‘zgarayotgan davr, zamon rivojlanishni talab etadi. Albatta, o‘zgarishlarni barcha sohalarda ko‘rish mumkin. Shu bilan birga konstitutsiyamizning har bir moddasida, bobida, umuman mazmunan boyitishda xalq xohish-irodasi, istaklari inobatga olinib, ko‘pning manfaatlari uchun xizmat qilmog‘i uchun xalq fikri tinglangdi, konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqildi. Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Biz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotni ko‘llab –quvvatlaymiz!” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.

     Uchrashuv davomida Qonun loyihasiga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek, referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha ishtirokchilarning tashabbuslari hamda takliflari tinglandi. Mavzuga oid savollarga javob berildi.

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар