Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » PAXTAKORDA TARG'IBOT-TASHVIQOT MADANIY BAYRAM TADBIRI BO'LIB O'TDI

PAXTAKORDA TARG'IBOT-TASHVIQOT MADANIY BAYRAM TADBIRI BO'LIB O'TDI

12 апрель 2023 йил
263
0

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, sud-huquq tizimi, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish — deyarli barcha jabhalarda shiddat bilan kechayotgan islohotlar zamirida faqat yagona maqsad – inson qadrini yuksaltirish, xalq farovonligini ta’minlash, huquq va erkinliklarini kafolatlash mujassam. Ana shu ezgu maqsadlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zlangan, “Taraqqiyot strategiyasi”, “Harakatlar strategiyasi” kabi davlat dasturlaridagi ko‘zda tutilgan ulkan rejalar qisqa fursatlarda o‘z natijasini ko‘rsatmoqdaki, bugun barcha yurtdoshlarimiz bunga o‘z hayotiy misollari asosida bir ovozdan buni tasdiqlamoqdalar. O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini targ‘ib etishga qaratilgan “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” deb nomlangan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mutasaddi rahbarlar, tumanimizning faollari, keng jamoatchilik vakillari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat va sanʼat xodimlari hamda el suygan sanʼatkorlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda taklif etilgan mutaxassislar ishtirokchilarga Konstitutsiyamizga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida atroflicha maʼlumotlar shu bilan birga, 30-aprel kuni oʻtkazilishi kutilayotgan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tumani bo‘limi bosh mutaxassisi Dilshod Qolibov, “Buyuk ipak yo‘li” MFY hokim yordamchisi Farrux Pirimqulov, mahalla faoli Olga Barisovna, “Semrug‘” innovatsion urug‘chilik kompaniyasi rahbari Shoxxasan Suvonqulov va turli yo‘nalishlarda yutuqlarga erishgan iqtidorli yoshlar so‘z olib, yurtimizda keyingi yillarda olib borilgan islohotlar, turli sohalardagi yangilanish va o‘zgarishlar natijasi o‘laroq, yangilanayotgan konstitutsiya xalqimizning xohish irodasini ifodalab, shu xalq manfaatlariga xizmat qilishi taʼkidlandi. Jannatmakon yurtimizning sevimli san’atkori Ravshan Komilov ijrosidagi Ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar tomoshabinlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Yoshlar o‘z tengdoshlarini 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Referendum”da, o‘zi va kelajagi uchun befarq bo‘lmasdan ovoz berishga chorladi. Yangilanayotgan konstitutsiyada oliy taʼlim tashkilotlariga qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga egaligi, yoshlar huquqlariga alohida eʼtibor qaratilganligi, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirishi, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishiga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi singari o‘zgarishlar tumanimiz yoshlari tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Shuningdek, amaldagi bosh qomusimizni yangilashga sabab bo‘layotgan zarur masalalar bo‘yicha tushuncha berilib, inson sha’ni va qadrini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi yangi moddalar to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirildi. Bundan tashqari, tumanimizning iqtidorli san’atkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, tadbirga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар