Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Prezident sovrini uchun maktab o’quvchilari bellashdilar

Paxtakorda Prezident sovrini uchun maktab o’quvchilari bellashdilar

19 апрель 2023 йил
341
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun «Xorijiy tillarni oʼqitish boʼyicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman (shahar) bosqichi musobaqalariga start berildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 5117-sonli qarori hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 3-apreldagi 79-sonli buyruqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Paxtakor tumanida ham mavjud maktablarning oʼquvchilaridan iborat terma jamoalar ishtirokida «Xorijiy tillarni oʼqitish boʼyicha eng yaxshi maktab» musobaqasi tashkil etildi.

Tuman hokimligi, yoshlar agentligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mutasaddilari ishtirokida 4-sonli umumtaʼlim maktabida oʼzgacha joʼshqinlik va koʼtarinki ruh bilan boshlangan tadbir ota-onalarning "online" jonli  kuzatuvi ostida oʼtkazilgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.

Tanlov nizomiga muvofiq jamoalarning bilimlari А,B va K boʼlimlardan iborat boʼlgan 3 ta yoʼnalishda: grammatika, oʼqib tushunish va lugʼat boyligi boʼyicha savollar qiyinlik darajasi oddiydan murakkabga tomon SEFR shkalasi boʼyicha А1 dan K1 darajagacha oshib borishi koʼzda tutilgan.

Shuni taʼkidlash lozimki, musobaqa nizomiga asosan tuman bosqichida umumiy natijalarga koʼra eng yuqori ball toʼplagan maktab gʼolib deb topiladi va viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-oʼrinlarni egallab, sovrindorlar safidan oʼrin olgan maktablar ham mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million soʼm miqdorida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini qoʼlga kiritishga ham muvaffaq boʼladilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар