https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
slot gacorslot gacor gampang menangslot gacor terpercayaslot gacor hari inislot gacor 2024
 “Raqobat to'g'risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Raqobat to'g'risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

“Raqobat to'g'risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi

26 июль 2023 йил
152
0

 Qonun bilan raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilandi.

Qonunga ko'ra, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanadi.

Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplaens tushunchasi kiritildi.

Monopoliyaga qarshi komplaens faoliyatning raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo'yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.

Monopoliyaga qarshi komplaens majburiy tartibda:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;
  • tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarda;
  • oxirgi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i davlatga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda;
  • oxirgi 3 yilda tovarlarni realizasiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda;
  • yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etiladi.

Qonunda ustun mavqeni belgilashning yangi mezonlari kiritildi. Unga ko'ra, tabiiy monopoliya subyektlari ham ustun mavqega ega subyektlar qatoriga qo'shildi.

Shuningdek, ustun muzokara kuchi instituti kiritilib, unga muvofiq, ustun mavqega ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizasiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta'sir ko'rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e'tirof etiladi.

Qonunga ko'ra, davlat xo'jalik yurituvchi subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalanish huquqlarini imtiyozli shartlar asosida berish hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida davlat yordamini berishi mumkin.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

 

Raqobat to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralari kuchaytirildi

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kirtilgan o'zgartirishga ko'ra:

Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik yoxud unga bila turib noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etganlik:

  • fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (990 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha);
  • mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so'mdan 6 mln 600 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ilgari: fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha jarima qo'llanilgan.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizasiya qilinishini hamda xizmatlar ko'rsatilishini qonunga xilof ravishda cheklash:

  • BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so'mdan 16 mln 500 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi;

Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki ro'yxatga olish yoxud akkreditasiyadan o'tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish:

BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so'mdan 16 mln 500 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.

Manba: O'RQ–850-son, 03.07.2023-y.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303