Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi murojaat etish tartibi

Pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi murojaat etish tartibi

23 сентябрь 2023 йил
115
0

 Pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi ariza qonunchilikka muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʼlgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi.
Xodimga va uning oila aʼzolariga pensiya (boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi) tayinlangan taqdirda, pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi ariza xodimning yoki vafot etgan boquvchining (uning oila aʼzolariga boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi tayinlangan taqdirda) oxirgi ish joyi boʼyicha tashkilotning maʼmuriyati orqali ariza beruvchining yashash joyi boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi.
Pensiya tayinlanadigan shaxs balogʼatga yetmagan yoki huquqiy muomalaga layoqatsiz boʼlgan taqdirda, ariza uning qonuniy vakil tomonidan ularning yashash joyi orqali beriladi.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʼtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʼtkazish) toʼgʼrisidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi.
Shaxsning pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʼtkazish) toʼgʼrisidagi arizasi manzil-koloniya maʼmuriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan joydagi Pensiya jamgʼarmasi boʼlimiga beriladi. Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) toʼgʼrisidagi ariza bilan birgalikda ish stajiga oid maʼlumotlar qoʼshimcha ravishda taqdim etiladi.
Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi:
shaxsning ish stajiga oid maʼlumotlar asosida pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur boʼlgan hujjatlarni toʼplashda amaliy yordam koʼrsatadi;
pensiya toʼlovini tiklash yoki davom ettirish toʼgʼrisidagi arizaga asosan pensiyaga oid hujjatlar yigʼmajildini Pensiya jamgʼarmasining tegishli boʼlimidan talab qilib oladi.
Fuqaro pensiya tayinlashni soʼrab pensiya olish huquqi paydo boʼlgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish huquqiga ega.
Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi shaxs tegishli ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi masalani koʼrib chiqadi.
Shaxs pensiya tayinlash toʼgʼrisida Pensiya jamgʼarmasining boʼlimiga bevosita tashrif buyurgan holda va/yoki elektron pochta orqali murojaat qilish huquqiga ega.
Shaxsning arizasi Pensiya jamgʼarmasining axborot tizimida roʼyxatdan oʼtkaziladi.
Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi tomonidan ariza beruvchiga yoki tashkilotning vakiliga ariza qabul qilingan sana koʼrsatilgan holda tilxat, shuningdek, olingan va yetishmayotgan hujjatlar roʼyxati beriladi.
Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya soʼrab murojaat etilgan kun hisoblanadi.
Аgar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan boʼlsa, ushbu arizani joʼnatishning pochta shtempelida koʼrsatilgan sanasi pensiya soʼrab murojaat etilgan kun hisoblanadi.
Аrizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi qoʼshimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini tashkilot maʼmuriyatiga yoki ariza beruvchiga 5 kunlik muddatda yozma ravishda yoki ariza beruvchining mobil telefon raqamiga «SMS» xabarnomani yuborgan holda maʼlum qiladi. Аgar ular qoʼshimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi toʼgʼrisida xabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash toʼgʼrisidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Pensiya jamgʼarmasi boʼlimi shaxsga va/yoki tashkilot maʼmuriyatiga pensiya tayinlash (qayta hisoblash) masalalari boʼyicha tushuntirishlar hamda maʼlumotlar berishi shart.
Shuningdek, Pensiya jamgʼarmasi fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga oid maʼlumot va axborotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boradi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар